Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning «An Nasr» klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu yana tarixga kirdi. U to‘rtta turli jamoa safida 100 tadan gol urgan dunyodagi ilk futbolchi bo‘ldi.
Superko‘prik finalida portugaliyalik hujumchi penaltidan aniq zarba berib, «An Nasr» uchun yubiley golini urdi. Shu tariqa Ronalduning riyodliklar tarkibidagi gollari soni 100 taga yetdi.
Bundan avval u «Manchester Yunayted», «Real Madrid» va «Yuventus» klublarida ham 100 tadan to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Shu orqali Ronaldu futbol tarixida yana bir noyob ko‘rsatkichga erishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar