APLning 2-turida “Everton” o‘z maydonida “Brayton”ga qarshi muhim uchrashuvda maydonga tushib, 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu bahs nafaqat natija, balki klub uchun tarixiy ahamiyatga ega kun sifatida ham yodda qoldi – yangi stadionning rasmiy ochilishi aynan shu kuni bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv qahramonlaridan biri “Manchester Siti”dan ijara asosida to‘p surib kelayotgan Jek Grilish bo‘ldi. U ikki golli uzatma muallifi sifatida jamoa g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
“Biz o‘yin oldidan muxlislar uchun haqiqiy tomosha namoyish qilishni maqsad qilgandik. Bugun esa klub uchun tarixiy kun – yangi stadion eshiklarini ochdi. Barcha narsa a’lo darajada o‘tdi va g‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz”, — dedi Grilish uchrashuvdan keyingi fikrlarida.
U o‘z assistlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi:
“Men uchun golli uzatma berish ham gol urish bilan barobar ahamiyatga ega. Futbolda gol katta ahamiyatga ega, ammo Kevin de Bryuyne bilan birga o‘ynagan paytlarimda ko‘p saboq olganman. Assist — sherigingga imkoniyat yaratib berish hissi — bu alohida zavq. Mening maqsadim — jamoaga ko‘proq yordam berish. Umid qilamanki, oldinda yana ko‘p gol va uzatmalar bo‘ladi”.
Grilish shuningdek, maydondagi holati haqida ham qo‘shimcha qildi:
“Bugun o‘zimni erkin his qildim. Maydonda xavfli vaziyatlarga kirishish va ijodkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Jamoamizning o‘yinidan ham, shaxsiy harakatlarimdan ham xursandman. Oxirgi marta 90 daqiqa to‘liq o‘ynaganimga taxminan 4–5 oy bo‘lgandi. Hozircha eng yaxshi formamda emasman, ammo kelgusida yanada kuchliroq bo‘lishni xohlayman. Bu stadionda va shu jamoa bilan o‘ynash men uchun katta sharaf va zavq”.
Shu tariqa, “Everton”ning yangi stadionida qayd etilgan g‘alaba nafaqat muxlislar uchun, balki Grilishning shaxsiy karyerasi uchun ham yangi sahifa sifatida tarixda qolishi mumkin.
Grilishning so‘zlari: “Everton”dagi g‘alaba va yangi sahifa boshlandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar