date

«Yuventus» sezilarli ustunlik bilan «Parma»ni mag‘lub etdi (video)

«Yuventus» sezilarli ustunlik bilan «Parma»ni mag‘lub etdi (video)

Italiya A Seriyasi yangi mavsumi start oldi va Turinning «Yuventus» klubi muxlislarini ishonchli g‘alaba bilan quvontirishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi tur doirasida «Parma»ga qarshi kechgan bahsda «qora-oqlar» 2:0 hisobida zafar quchib, mavsumni yaxshi kayfiyatda boshladi.

Bellashuvning birinchi qismida har ikki jamoa to‘p uchun qattiq kurash olib bordi. Ammo ikkinchi taymda turinliklar o‘z kuchini namoyon qilishdi. 59-daqiqada yangi transfer sifatida jamoaga qo‘shilgan Jonatan David hisobni ochib, «Yuventus» muxlislariga katta zavq ulashdi. Uning goli jamoaga ishonch bag‘ishladi.

Bundan so‘ng ham turinliklar hujumda ustunlik qilishda davom etdi. 80-daqiqada Kombiaso qo‘pollik qilib, to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib maydondan chiqarildi. Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, «Yuventus» to‘xtamadi va 84-daqiqada Dushan Vlahovich jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, «Yuventus» mavsumni 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan boshladi va chempionlikka da’vogarlar safida ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Muxlislar esa yangi mavsumda jamoadan yanada katta yutuqlar kutishmoqda.

A Seriya. 1-tur
«Yuventus» — «Parma» 2:0
Gollar: David (59), Vlahovich (84).
«Yuventus»: Di Gregorio, Gatti (Mario, 57), Bremer, Kelli, Kalulu, Lokatelli (Kupmeyners, 57), Tyuram, Kombiaso, Konseysau (Gonsales, 80), Yildiz (Makkeni, 89), David (Vlaxovich, 80).
«Parma»: Suzuki, Pratto, Kirkati, Valenti, Lovik (Estevez, 88), Bernabe, Keyta (Durich, 88), Valeri, Almkvist (Benendizak, 80), Ordonez (Sorensen, 57), Pellegrino.
Ogohlantirishlar: Gatti (14) — Suzuki (56), Sorensen (70).
Chetlatish: Kombiaso (80).

Birinchi turdan o‘rin olgan yana bir bahs «Atalanta» va «Piza» o‘rtasida kechdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

Dastlab, Xiyen 26-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 50-daqiqada Skamakka mezbonlarning javob to‘piga mualliflik qildi.

«Atalanta» - «Piza» 1:1
Gollar: Skamakka (50) - Xiyen (26).
Atalanta - Karnesechchi, Skalvini (Kassunou, 88), Xiyen, Ҷimsiti, Bellanova, Run, Pashalich (Ederson, 71), Zalevski, Katelare (Samardjich, 84), Maldini (Sulemana, 71), Skamakka (Krishtovich, 72).
Piza - Shemper, Denun (Kalabrezi, 78), Karachchiolo, Kanestrelli, Ture, Marin (Pikkinini, 78), Eybisher, Angori, Moreo (Akinsanmiro, 62), Tramoni (Kuadrado, 61), Meyster (Nzola, 54).
Ogohlantirishlar: Maldini (28), Sulemana (83).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Yuventus» sezilarli ustunlik bilan «Parma»ni mag‘lub etdi (video)