Germaniya chempionati doirasida kutilmagan holat futbol jamoatchiligining diqqatini o‘ziga qaratdi. Bundesliganing birinchi turida “Borussiya Dortmund” Gamburg shahrida “Sankt-Pauli”ga qarshi bahs olib bordi va dramatik o‘yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.
Biroq eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan jihat – jamoa murabbiyi Niko Kovachning Angliyalik yosh iqtidor Job Bellingemni taymlar oralig‘ida zaxiraga olib qo‘yishi bo‘ldi.
Ota va murabbiy o‘rtasidagi tortishuv
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu qaror futbolchining otasi Mark Bellingemning qattiq g‘azabiga sabab bo‘lgan. U murabbiy bilan yuzma-yuz uchrashib, o‘g‘lining zaxiraga olingani haqida hisobot so‘rash niyatida bo‘lgan. Aytilishicha, Mark Bellingem ovozini ko‘tarib, Kovachga qarshi jiddiy e’tiroz bildirgan. Biroq ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yuzma-yuz uchrashishga ulgurmagan.
Shundan keyin Bellingem-ota o‘z noroziligini klub sport direktori Sebastyan Telga yetkazgani qayd etilmoqda.
Klubning qat’iy chorasi
Mazkur voqeadan so‘ng “Borussiya Dortmund” rahbariyati keskin qadam tashladi: endi futbolchilarning oila a’zolari va qarindoshlariga jamoaning kiyim almashtirish xonasi atrofiga yaqinlashish qat’iy man qilindi. Bu tartib o‘yindan keyingi mojarolarni oldini olish maqsadida joriy etildi.
Bellingemlar haqida
Eslatib o‘tamiz, Job Bellingemning akasi Jud Bellingem hozirda “Real Madrid” sharafini himoya qilmoqda. U ham o‘z vaqtida “Borussiya Dortmund” safida to‘p tepib, Yevropada katta obro‘ qozongan edi.
Muttaxassislar fikricha, ushbu voqea dortmundliklar uchun katta sinov bo‘lishi mumkin. Biroq yosh iste’dod Job Bellingemning kelgusidagi o‘yinlarda o‘zini namoyon qilishi muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutilmoqda.
Job Bellingem atrofida mojaro: otasi murabbiyga janjal ko‘tardi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar