“Real Madrid” tarkibidagi braziliyalik hujumchi Rodrigo haqida kutilmagan xabar tarqaldi. Nufuzli The Athletic nashri yozganiga ko‘ra, yosh yulduz nihoyat Madriddan ketishga qaror qilgan va yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar jamoani tark etish niyatida.
Jurnalist Mario Korteganning ma’lumoticha, 24 yoshli futbolchi o‘z agentlariga yangi klub topish vazifasini topshirgan. Bu qarorga uning so‘nggi mavsumlarda asosiy tarkibdagi o‘rni sezilarli darajada qisqarib borishi sabab bo‘lgan.
Ma’lumki, o‘tgan yozda Kilian Mbappening kelishi Rodrigo Goesning imkoniyatlariga jiddiy ta’sir etdi. Karlo Anchelotti qo‘l ostida ham, jamoa navbatdagi murabbiyi Xabi Alonso davrida ham u asosiy qahramon sifatida ko‘rilmayapti. Shu bois futbolchi o‘z karyerasida yangi sahifa ochishga bel bog‘ladi.
Rodrigo hozirda madridliklar bilan yana uch yillik shartnomaga ega. Biroq uning xizmatlariga asosan Angliya Premer-ligasining yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda agentlari futbolchi uchun eng maqbul va kelajakni ta’minlaydigan variantlarni taqdim etishi kutilmoqda.
Muttaxassislar fikricha, Rodrigo Yevropa top-klublaridan birida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z salohiyatini yanada yorqin namoyon qilishi mumkin. Madriddan ketish qarori esa uning karyerasida yangi yo‘nalishni boshlab berishi ehtimoldan xoli emas.
Rodrigo Madridni tark etmoqchi: yangi jamoa izlanmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar