Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida BMB klubi yana g‘alaba qozondi. «Oil Star»ga qarshi o‘ynagan amaldagi chempion 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, mavsumni sovrin bilan boshlaydigan bo‘ldi.
«Humo Arena» sport majmuasida mazkur qarama-qarshilikni jahon futboli afsonalari – Dida, Roberto Karlos, Fabio Kannavaro, Marko Materazzi, Maykon, Kristian Zakkardo, Serjinio, Frank Riberi va Kevin Kurani kuzatib bordi.
O‘zbekiston Superkubogi
BMB – Oil Star 5:1
Toshkent. «Humo Arena»
Gollar: Florensio Da Silva 9', Muzaffar Ahadjonov 11', Jean Aldemiro 28', Vitor Manuel Da Silva 31', Bolt 37' – Behruz Samiyev 14'
BMB (dastlabki beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 5.Shahzod Sa’diyev, 11.Bolt, 14.Florensio Da Silva, 17.Muzaffar Ahadjonov.
Zaxira: 2.Abbos O‘lmasbekov, 3.Mashrab Odilov, 6.Muhammadali Husanboyev, 7.Vitor Manuel Da Silva, 8.Husniddin Nishonov, 9.Davlat Ibragimov, 10.Davron Choriyev, 13.Jean Aldemiro, 71.Elshod Akmalov, 77.Aleks Da Silva.
"Oil Star" (dastlabki beshlik): 1.Rustam Umarov, 5.Artur Umurov, 7.Behruz Samiyev, 10.Doniyor Saidov, 14.Shohjahon Shonazarov.
Zaxira: 12.Shavkat Ibragimov, 4.Mehroj Yunusov, 6.Ilhom Hamroyev, 9.Elbek To‘lqinov, 18.Idris Yorov, 19.Bahodir Xo‘jayev, 27.Kanuto, 29.Orzubek Asqarov, 77.Leandrino.
Futzal. BMB O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi (video)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar