date

Eron termasi CAFA NATIONS CUP 2025 uchun tarkibini e’lon qildi

Eron termasi CAFA NATIONS CUP 2025 uchun tarkibini e’lon qildi

29 avgustdan 8 sentyabrga qadar Dushanbe va Toshkentda o‘tkaziladigan nufuzli CAFA NATIONS CUP 2025 musobaqasi oldidan Eron milliy terma jamoasining Tojikistonga keladigan tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Jamoa tarkibi jamoatchilik e’tiboriga taqdim etildi va unda yoshlar ham, tajribali futbolchilar ham bor.

Eron milliy termasi tarkibi:
Payam Niyozmand, Said Husayni, Nima Mirzazad, Omid Norafkan, Muhammad Nodiri, Amin Xezbavi, Orif Agasi, Muhammad Kanoni, Ali Nemati, Ariya Yusufi, Ramin Rizoyan, Muhammad Muhebi, Mehdi Hoshimnajot, Alirizo Kushki, Saman Quddus, Ruzbeh Cheshmi, Muhmmad Xudobandelu, Muhammad G‘arbani, Alirizo Jahonbaxsh, Mehdi Muhebi, Mehdi Tikdari, Mehdi Taremi, Amir Husaynzoda, Mehran Ahmadi, Shaxriyor Moganlu, Ali Alipur, Majid Aliari.

Yig‘inga chaqirilmaganlar:
Muhammad Xalifa, Said Saharhizan, Daniyal Iri, Muhammad Mehdi Zare, Javod Husaynnajot, Amir Muhammad Razzoqniya va Rizo Gandipur Olimpiya terma jamoasidagi ishtiroki tufayli milliy yig‘inda qatnashmaydi. Shuningdek, Said Izzatullohiy, Sardor Azmun, Muhammad Karimiy, Majid Husayniy, Ali Golizoda va Mehdi Gaedi jarohatlari sabab o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. Alirizo Beyranvand esa diskvalifikatsiya tufayli tarkibdan tashqari qoldi.

Mutaxassislar fikricha, shunga qaramasdan Eron termasi yirik va raqobatbardosh tarkib bilan maydonga tushadi. Terma jamoa musobaqada kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Muxlislar uchun esa CAFA NATIONS CUP 2025 musobaqasi nafaqat qiziqarli bahslar, balki yosh iste’dodlar uchun katta imkoniyat ham bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron termasi CAFA NATIONS CUP 2025 uchun tarkibini e’lon qildi