Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi doirasida tashrif buyurgan Italiya futboli afsonasi, jahon chempioni Fabio Kannavaro matbuot anjumanida muxlislar va jurnalistlar savollariga javob berdi.
Anjumanda Kannavaroga zamonaviy futbolda himoya chizig‘ining rivojlanishi va qiyosiy jihatdan qaysi davrdagi Italiya terma jamoasi kuchliroq bo‘lgani haqida savol berildi.
“Mening shaxsiy fikrimga ko‘ra, 2006 yilda jahon chempioni bo‘lgan jamoamiz kuchliroq edi. Chunki o‘sha paytda har bir chiziqda eng mahoratli, o‘ziga xos va betakror futbolchilar to‘planishgandi. Chempionlikka erishishimiz bejizga emas edi”, — dedi Kannavaro.
Shu bilan birga, u zamonaviy futbolda himoyachilarning vazifasi ancha kengayganini alohida ta’kidladi:
“Hozir himoyachi faqat raqibning to‘p olib yurishini to‘xtatib qo‘yish bilan cheklanmaydi. U butun maydondagi jarayonlarni oldindan his etib, ularni nazorat qila olishi kerak. Himoyachi endi faqat to‘pga qarshi emas, balki umumiy o‘yin ritmini boshqarishda ham ishtirokchiga aylandi. Demak, uning mas’uliyat va vakolatlari sezilarli darajada kengaydi.”
Kannavaro so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy futbol himoyachilardan nafaqat jismoniy jihatdan kuchli bo‘lishni, balki taktik fikrlash, o‘yin oqimini oldindan ko‘rish va terma jamoaga qo‘shimcha ustunlik olib kela olishni ham talab qiladi.
Shuning uchun ham u hozirgi futbolda himoyachilarning roli tobora ortib, ular maydondagi eng muhim hal qiluvchi figuralardan biriga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Kannavaro: Zamonaviy himoyachi butun maydonni nazorat qilishi kerak
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar