date

Maykon: Anchelotti Braziliya uchun kutilgan tajribali murabbiy

Maykon: Anchelotti Braziliya uchun kutilgan tajribali murabbiy

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Braziliya futboli afsonasi Duglas Maykon matbuot anjumanida ishtirok etib, muxlislar va jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Jahon futboli yulduzlari bilan o‘tkazilgan anjumanda asosiy mavzulardan biri Braziliya terma jamoasiga yaqinda olib kelingan xorijlik murabbiy masalasi bo‘ldi.

Savol jarayonida jurnalistlar Karlo Anchelottining kelishi mamlakatda qanday baholangani va uning terma jamoa bilan qay darajada muvaffaqiyat qozonishi mumkinligi haqida so‘rashdi.

Maykon bu savolga javob berar ekan, avvalo O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyatiga mehmon sifatida taklif etilgani uchun minnatdorlik bildirdi va fikrlarini baham ko‘rdi:
“Menimcha, Karlo Anchelottining olib kelinishi to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Axir jahon chempionligini qo‘lga kiritmaganimizga ham ancha yillar bo‘ldi. Bizga aynan tajribali, katta maktabni bosib o‘tgan murabbiy kerak edi. Anchelottining boy tajribasi va futboldagi nufuzi Braziliya termasi uchun katta yordam beradi, deb ishonaman. U bilan birgalikda maqsadlarimizga erisha olamiz”, — dedi afsonaviy himoyachi.

Shu tariqa, Maykonning fikricha, Anchelottining tayinlanishi nafaqat terma jamoa uchun yangi bosqich, balki braziliyalik futbol ishqibozlari uchun ham katta umid uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maykon: Anchelotti Braziliya uchun kutilgan tajribali murabbiy