Fransiya terma jamoasining sobiq yetakchi yarim himoyachisi Emmanuel Peti “Real Madrid” safida to‘p surib kelayotgan Kilian Mbappe haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, aynan joriy mavsum fransuz yulduzi uchun eng hal qiluvchi palla bo‘lishi mumkin.
— Bu mavsum Kilian uchun taqdiriy ahamiyatga ega bo‘lishi shart. U “qirollik klubi” safini Chempionlar ligasi titulini qo‘lga kiritish va “Oltin to‘p” sohibi bo‘lish maqsadida tanladi, — dedi Peti “AS” nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumki, 26 yoshli hujumchi 2024 yil yozgi transferlarida erkin agent sifatida PSJdan ketib, “Real”ga qo‘shilgan edi. U madridliklar bilan 2029 yilning iyuniga qadar amal qiladigan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Muttaxassislar ta’kidlashicha, Mbappe uchun “Real” safidagi ilk mavsumdayoq yuqori natijalar ko‘rsatish katta sinov bo‘ladi. Muxlislar esa uning Yevropa maydonlarida qanday namoyish qila olishini katta intiqlik bilan kutmoqda.
Emmanuel Peti: Mbappe uchun "Real"dagi mavsum taqdiriy ahamiyatga ega
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar