Kataloniyaning mashhur klubi «Barselona» yangi iqtidorni tarkibiga qo‘shib oldi. Jamoa rasmiy sayti orqali 17 yoshli ozarbayjonlik yarimhimoyachi Ibrohim Babayev bilan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
Yosh futbolchi endidan «Barsa»ning yoshlar tarkibida to‘p surishni boshlaydi. U shu kungacha Ozarbayjon U-17 milliy jamoasi a’zosi sifatida Shveysariyaning «Servett» klubi yoshlar tarkibida faoliyat yuritib kelgan.
Babayevning futbol yo‘li Jeneva shahrida boshlangan. U yerda tug‘ilib o‘sgan iqtidorli futbolchi «Servett» tarkibida 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Bu natijalar uni Yevropa skautlari diqqatiga tushirishga sabab bo‘ldi.
Oxirgi kunlarda esa Ibrohim «Barselona»ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi bilan ham mashg‘ulotlarda qatnashib, o‘z mahoratini namoyish qildi. Katalon klubi murabbiylari uning harakatlarini yuqori baholab, shartnoma taklif qilishga qaror qilgan.
Yoshlar futbolidagi yangi qadam Ibrohim Babayev uchun katta imkoniyat bo‘lishi shubhasiz. Endi u Yevropaning eng nufuzli klublaridan biri safida o‘z salohiyatini to‘liq namoyish qilish imkoniyatiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar