date

LaLiga. "Barselona" Madrid klubi bilan durang o‘ynadi (video)

LaLiga. "Barselona" Madrid klubi bilan durang o‘ynadi (video)

Ispaniya La Ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahsda «Barselona» safarda «Rayo Valekano» mehmoni bo‘ldi va yakunda tomonlar 1:1 hisobiga durangga imzo chekishdi.

Kataloniyaliklarning yagona golini ispaniyalik yosh yulduz Lamin Yamal 40-daqiqada 11 metrlik jarima zarbasidan kiritdi. Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida esa Fran Peres hisobni tenglashtirdi. Bundan tashqari, madridliklar o‘yin so‘nggida bir necha golli vaziyatlar yaratgan edi. Biroq, Joan Garsiya barchasini bartaraf etib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Jamoalar qancha harakat qilishmasin, uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi. Qayd etish joiz, bellashuvda «Rayo Valekano»ning ikkita goli ofsayd sabab bekor qilindi.

La Liga. 3-tur

«Rayo Valekano» - «Barselona» 1:1

Gollar: Peres (67) - Yamal (pen. 40).

Rayo Valekano - Batalla, Ratiu, Felipe (Valentin, 76), Lejeun, Chavarriya, de Frutos (Kamello, 76), Lopes (Peres, 59), Kis, Garsiya (Gumbau, 90), Palazon (Espino, 90), Dias.

Barselona - Garsiya, Kunde, Erik, Kristensen, Balde (Martin, 78), Olmo (Fermin, 62), De Yong, Pedri, Yamal, Ferran (Levandovski, 78), Rafinya (Reshford, 62).

Ogohlantirishlar: Batalla (38), Lopes (45), Chavarriya (90+4) - Kunde (56).

Ma’lumot o‘rnida, "ko‘k-anorranglilar" FIFA kunlaridan so‘ng 14-sentyabr kuni "Valensiya"ga qarshi o‘tkazadi. "Rayo" ham ushbu sanada "Osasuna" bilan to‘qnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » LaLiga. "Barselona" Madrid klubi bilan durang o‘ynadi (video)