date

Abduqodir Husanov "CAFA Nations Cup" musobaqasida qatnashadimi?

Abduqodir Husanov "CAFA Nations Cup" musobaqasida qatnashadimi?

Angliya Premer-ligasining 3-turidan o‘rin olgan bahsda «Manchester Siti» safarda «Brayton» bilan kuch sinashdi. O‘ta keskin va dramatik tarzda kechgan bellashuv mezbonlar foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvning so‘nggi qismlari muxlislarimiz uchun alohida e’tiborga sabab bo‘ldi. Chunki 85-daqiqaga kelib, «shaharliklar»ning o‘zbek himoyachisi Abduqodir Husanov mushak qismidagi og‘riq tufayli o‘yinni davom ettira olmadi va zaxiraga olindi.
Hozircha aniq tashxis qo‘yilmagan bo‘lsa-da, ertaga yosh himoyachi klubning asosiy qarorgohida to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shu orqali uning jarohati qay darajada og‘ir ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Shu bilan birga, tibbiy xulosa Husanovning yaqinda start olgan «CAFA Nations Cup-2025» musobaqasida ishtirok etish-etmasligini belgilab beradi. Milliy jamoa muxlislari esa Abduqodirning tezroq tiklanib, yana maydonga qaytishini intiqlik bilan kutmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov "CAFA Nations Cup" musobaqasida qatnashadimi?