Portugaliyalik mashhur murabbiy Paulo Bentu O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi taklifini qabul qilmasligi ehtimoli katta ekani haqida ma’lumot tarqatildi. Bu haqda sport jurnalisti Aleksandr Troitskiy o‘z manbalariga tayanadi.
Xabarga ko‘ra, Bentu O‘FA yo‘llagan taklif bilan tanishib chiqqan, ammo mamlakatimizdan yo‘l olganidan keyin hech qanday javob bermagan. Uning oldida klublar va milliy terma jamoalardan kelgan bir qator takliflar borligi aytiladi. Shu sababdan O‘zbekiston taklifi hozircha uning rejalarida ustuvor emas.
Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, bu ma’lumot aniq manbaga emas, balki turli sport sohasi vakillariga asoslangan. Shuningdek, uning Yevropalik hamkasblari ayrim Italiya klublari Bentuga qiziqish bildirganini ma’lum qilishgan, ammo hozircha bu faqat og‘zaki so‘z darajasida qolmoqda.
"Kutamiz va vaziyat rivojini kuzatamiz", – deb yozadi Troitskiy.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!