Janluiji Donnarumma «Manchester Siti» bilan shartnoma imzoladi — Italiyalik 26 yoshli kiper «shaharliklar» bilan 2030-yilga qadar mo‘ljallangan bitimga qo‘l qo‘ydi. «PSJ» uning transferi uchun 35 million yevro ishlab oladi, shartnoma doirasida qo‘shimcha bonuslar ham nazarda tutilgan.
Donnarumma Parij klubi safida to‘rt mavsum to‘p tepdi va bu vaqt mobaynida jamoa bilan 10 ta sovrin qo‘lga kiritdi: o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida zafar, shuningdek, to‘rt marotaba Fransiya chempioni unvonlari. «Etixad»ga ko‘chib o‘tgan posbondan endilikda APL tempiga tez moslashish, darvoza ostini ishonchli qo‘riqlash va elita sahnasidagi tajribasini «Siti» maqsadlari yo‘lida namoyon etishi kutiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar