Turkiya futbolida katta voqea — mashhur nemis yarimhimoyachisi Ilkay Gyundogan turk grandi “Galatasaroy” tarkibiga qo‘shildi.
34 yoshli tajribali futbolchi klub bilan 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. “Galatasaroy” rasmiy ravishda “Manchester Siti” Ilkayni erkin agent sifatida qo‘yib yuborganini e’lon qildi. Yangi shartnoma shartlariga ko‘ra, Istanbulda Gyundogan soliqlar chiqarilgandan keyin yiliga taxminan 4,5 million yevro maosh oladi.
Gyundoganning faoliyati “Siti” bilan ikki bosqichda uzoq yillar davom etdi (2016–2023 va 2024–2025). Bu vaqt mobaynida u jamoa bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida Angliya Premer-ligasida besh karra chempionlik va bir marta Chempionlar Ligasi g‘alabasi alohida e’tiborga molik.
Nemis yulduzi “shaharliklar” safida barcha turnirlarda jami 358 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 65 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ilkayning Turkiyaga yo‘li katta qiziqish uyg‘otdi. Hozirning o‘zidayoq muxlislar undan yangi chempionatda yorqin o‘yinlar va katta natijalar kutishmoqda
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!