date

"Real Madrid" eng qimmat tarkib sohibi sifatida birinchi o‘rinda

"Real Madrid" eng qimmat tarkib sohibi sifatida birinchi o‘rinda

"Real Madrid" futbol olamida yana bir bor yetakchi sifatida qayd etildi. Transfermarkt portali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar tarkibi dunyodagi eng qimmat hisoblanmoqda. Jamoa futbolchilarining umumiy bozor bahosi 1,4 milliard yevroga yetgan.

Shu bilan birga, top-20 talik ro‘yxatda ko‘plab yirik klublar ham joy olgan. Unga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni 1,33 milliard yevroga baholangan "Arsenal" egallasa, uchinchi pog‘onada 1,23 milliard yevro bilan "Manchester Siti" joylashdi. Keyingi o‘rinlarda esa "Liverpul" (1,12 mlrd yevro) va "Barselona" (1,1 mlrd yevro) qayd etildi.

"Chelsi" va PSJning umumiy qiymati 1,08 milliard yevro atrofida bo‘lib, ular ham yuqori o‘ntalikdan joy oldi. "Bavariya" (905 mln yevro), "Tottenhem" (891,1 mln yevro) va "Manchester Yunayted" (748,2 mln yevro) esa kuchli o‘nlikni yakunladi.

Qolgan o‘rinlarda ham Yevropaning nufuzli klublari qayd etilgan:

– "Inter" – 707,8 mln yevro;

– "Nyukasl" – 659,05 mln yevro;

– "Atletiko" – 627,8 mln yevro;

– "Nottingem Forest" – 589 mln yevro;

– "Yuventus" – 582,7 mln yevro;

– "Aston Villa" – 547 mln yevro;

– "Milan" – 497,8 mln yevro;

– "Napoli" – 496,35 mln yevro;

– "Brayton" – 462,1 mln yevro;

– "Atalanta" – 449,1 mln yevro.

Shu tariqa, "Real Madrid"ning moliyaviy qudrati va tarkib qiymati unga dunyodagi eng qimmat klub maqomini olib keldi. Bu esa nafaqat jamoa nufuzi, balki kelgusi mavsumlardagi ambitsiyalari qanchalik katta ekanini ham ko‘rsatib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real Madrid" eng qimmat tarkib sohibi sifatida birinchi o‘rinda