date

Liverpulda Jahon chempionati start oldi, Nigina O‘ktamova ringga chiqadi

Liverpulda Jahon chempionati start oldi, Nigina O‘ktamova ringga chiqadi

Ma’lumki, 4–14-sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahri kattalar o‘rtasida ilk bor o‘tkazilayotgan Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Nufuzli musobaqa World Boxing tashabbusi va homiyligida tashkil etilmoqda.

Dunyo birinchiligida 60 ta mamlakatdan 500 nafardan ziyod mahoratli sportchilar ishtirok etadi. Musobaqa start olgan bugungi kundanoq ringda jiddiy to‘qnashuvlar kutilmoqda.

Birinchi kun bahslarida O‘zbekiston sharafini atigi bitta bokschi — Nigina O‘ktamova himoya qiladi. U -54 kg vazn toifasida Qozog‘iston sportchisi Elina Bazarovaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, janglar Toshkent vaqti bilan ikki dasturda o‘tkaziladi: kunduzi soat 15:00 da, kechki dastur esa 22:00 da boshlanadi. O‘ktamovaning jangga chiqishi 22:15 ga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kattalar o‘rtasidagi ushbu jahon chempionati birinchi marta o‘tkazilayotgani bilan ham tarixiy ahamiyatga ega. Mazkur musobaqada o‘zbek boks maktabining yosh va iqtidorli vakillari ham yuqori natijalar ko‘rsatishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpulda Jahon chempionati start oldi, Nigina O‘ktamova ringga chiqadi