
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Angliya chempionati 17 turida "Vest Bromvich"ga qarshi kechgan bahsda ikkita gol urdi va jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga sababchi bo‘ldi.
Shu tariqa shvesiyalik hujumchining joriy mavsum urgan gollari soni 48 taga etdi. Bu gollarni u "PSJ" va "MYu" tarkibida kiritgan.
Ushbu ko‘rsatkich Ibrahimovichning faoliyatidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. U 2012 yilda 50 ta gol urgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar