date

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Qirg‘izistonga qarshi bahs yuritadi

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Qirg‘izistonga qarshi bahs yuritadi

Hammangizga ma’lum, milliy terma jamoamiz hozirda katta qiziqish bilan kuzatilayotgan “CAFA Nations Cup” musobaqasida maydonga tushmoqda. O‘zbekiston termasi “A” guruhida ishtirok etib, ilk ikki to‘qnashuvda turli natijalar qayd etdi.

Birinch bosqichda raqib bilan durang qayd etilgan bo‘lsa, ikkinchi turda yigitlarimiz Turkmaniston ustidan 2:1 hisobida zafar qozonishdi. Bu natijalar orqali hamyurtlarimiz 4 ochko jamg‘arib, guruhning yetakchi jamoalaridan biri sifatida qayd etildi.

O‘mon termasi ham xuddi shunday 4 ochko to‘plab, yirik da’vogarlar qatoridan o‘rin oldi. Ular so‘nggi turda Turkmaniston bilan kuch sinashishi kutilmoqda.

Biz esa hal qiluvchi bahsda Qirg‘izistonga qarshi maydonga chiqamiz. Bellashuv poytaxtdagi “Olimpik” stadionida bugun, 5-sentyabr kuni soat 19:30’da start oladi.

Bu to‘qnashuvning ahamiyati juda katta. Chunki guruhni birinchi o‘rin bilan yakunlay olgan jamoa musobaqa finalida Eron bilan to‘qnash keladi. Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa esa Hindistonga qarshi uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.

Hozirgi paytda terma jamoamiz muxlislar oldida asosiy maqsadni qo‘ygan: maydonda bor imkoniyatdan foydalanib, finalga yo‘l olish. Qirg‘iziston bilan bo‘ladigan o‘yin bu borada hal qiluvchi sinov vazifasini o‘taydi. Muxlislar esa milliy jamoamizdan yangi g‘alaba va yuksak natijalar kutishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston terma jamoasi bugun Qirg‘izistonga qarshi bahs yuritadi