date

O‘zbekiston Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etsa ham finalga chiqishi mumkin

O‘zbekiston Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etsa ham finalga chiqishi mumkin

CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida qizg‘in pallaga kirdik. Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi hal qiluvchi bahsni o‘tkazadi.

Bugun bo‘lib o‘tgan bellashuvda O‘mon jamoasi Turkmanistonni so‘nggi daqiqada kiritilgan gol orqali 2:1 hisobida mag‘lub etib, jamg‘arilgan 7 ochko bilan guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Endi esa barcha e’tibor «oq bo‘rilar»ning ishtirokidagi bellashuvga qaratilmoqda.

Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoa Qirg‘iziston ustidan ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa, finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Biroq hatto minimal hisobdagi g‘alaba ham milliy termaga yetarli bo‘lishi mumkin.

Chunki turnir reglamentiga ko‘ra, avvalo ochkolar soni, keyin esa o‘zaro o‘yin va to‘plar nisbatiga qaraladi. Agar bu ko‘rsatkichlar teng kelsa, jamoalar intizomiy ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratilgan holda g‘olib aniqlanadi.

Mana shu jihatda O‘zbekiston jamoasi ancha qulay holatda turibdi. Chunki raqib Karlush Keyrush boshqaruvidagi jamoa uch turda 9ta sariq kartochka olgan, bosh murabbiyning o‘zi esa ikki o‘yinda ikki marta ogohlantirilgan — bu jami 11 ball degani. Milliy jamoamiz esa faqat bitta qizil va bitta sariq kartochka bilan cheklangan (umumiy 4 ball). Shu bois, agar futbolchilarimiz bugun 5 martadan ko‘p ogohlantirilmasalar, minimal hisobdagi g‘alaba ham finalga yo‘l ochadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning final bahsi 8 sentyabr kuni o‘tkaziladi. “V” guruhida esa Eron finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi, Hindiston esa 3-o‘rin uchun bellashuvda ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etsa ham finalga chiqishi mumkin