Dunyoda sportning eng mashhur yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan professional boksda asrning eng yaxshi yigitlari va qizlari nomini eshitish doimiy qiziqish uyg‘otadi. Shu kunlarda ESPN nashri XXI asrda o‘z izini qoldirgan 25 nafar eng kuchli bokschilar ro‘yxatini e’lon qildi.
E’tiborlisi, bu ro‘yxatda yaqinlashib kelayotgan katta jang – 14 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan mutlaq chempionlik bellashuvida Murodjon Ahmadalievga raqib bo‘ladigan yapon yulduzi Naoya Inoue ham o‘rin oldi.
ESPN tomonidan e’lon qilingan top-25 quyidagicha tartibda shakllantirildi:
-
Floyd Meyvezer (28-0).
-
Menni Pakyao (35-6-3).
-
Bernard Xopkins (19-6-1, 1 NC).
-
Aleksandr Usik (23-0).
-
Saul Alvares (63-2-2).
-
Andre Uord (32-0).
-
Terens Krouford (41-0).
-
Xuan Manuel Markes (26-5-1).
-
Roy Jons (26-9).
-
Naoya Inoue (30-0).
-
Gennadiy Golovkin (42-2-1).
-
Jo Kalzage (19-0).
-
Erik Morales (17-9).
-
Vasiliy Lomachenko (18-3).
-
Oskar de la Xoya (8-5).
-
Roman Gonsales (52-4).
-
Tayson Furi (34-2-1).
-
Migel Kotto (41-6).
-
Vitaliy Klichko (18-2).
-
Marko Antonio Barrera (18-5).
-
Keti Teylor (25-1).
-
Vladimir Klichko (33-4).
-
Klaressa Shilds (17-0).
-
Vinki Rayt (12-3-1).
-
Timoti Bredli (33-2-1).
Ushbu ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, XXI asr boksida nafaqat erkak, balki ayol sportchilar ham munosib o‘rin egallab, o‘z nomini katta tarixda qoldirmoqda.
Murodjon Ahmadaliev uchun esa Naoya Inoue bilan to‘qnashuv nafaqat shaxsiy, balki butun o‘zbek boksi sharafi uchun sinov bo‘ladi. Shu bois, mazkur reyting yangiliklari mamlakatimiz muxlislari uchun yanada qiziq va ahamiyatli ko‘rinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!