date

Yevropada saralash bahslari sensatsiyalarga boy kechmoqda...

Yevropada saralash bahslari sensatsiyalarga boy kechmoqda...

Yevropa qit’asida 2026 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmalari uchun saralash o‘yinlari qizg‘in tarzda o‘tmoqda. Turli guruhlardagi bellashuvlar nafaqat kutilgan, balki muxlislarni hayratga solgan natijalar bilan ham yodda qoldi.

A guruhi doirasida Germaniya va Shimoliy Irlandiya to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Kuchli tarkib bilan maydonga tushgan nemislar kuchli o‘yin ko‘rsatib, 3:1 hisobida ustunlikni qo‘lga kiritishdi. Gnabri, Amiri va Virtsning aniq zarbalari nemislarga muhim g‘alabani ta’minladi. Irlandlar safida esa Prays yagona gol muallifi bo‘ldi. Shu bilan birga, guruhning yana bir bahsida Slovakiya Lyuksemburgni so‘nggi daqiqalardagi zarba bilan mag‘lub etdi.

A guruhi. 2-tur

Germaniya — Shimoliy Irlandiya 3:1

Gollar: Gnabri (7), Amiri (69), Virts (72) — Prays (34).

Germaniya — Baumann, Anton, Kox, Ryudiger (Ta, 82), Raum, Kimmix, Gross (Goretska, 66), Gnabri (Bayer, 61), Virts, Leveling, Voltmade (Amiri, 61).

Shimoliy Irlandiya — Pikok-Farrel, Hyum, Makneyr, Toal (Makkonvil, 88), Bredli, Gelbrayt (Marshall, 76), Charlz, Makkenn (Sevill, 76), Devenni, Prays (Makdonnell, 88), Rid (Charles, 70)

Lyuksemburg — Slovakiya 0:1

Gol: Rigo (90).

Е guruhi markaziy uchrashuvi esa haqiqiy sensatsiyaga aylandi. Ispaniya terma jamoasi Turkiyani yirik hisobda tor-mor etdi — 6:0. Yigitlardan Pedri ikkita, Merino esa uchta gol kiritib, het-trikka erishdi. Yana bir golni Torres yo‘lladi. Bu g‘alaba Ispaniyaning yetakchilik maqomini yanada mustahkamladi.

Е guruhi. 2-tur

Turkiya — Ispaniya 0:6

Gollar: Pedri (6, 62), Merino (22, 45+1, 57), Torres (53).

Turkiya — Chaqir, Muldur (Chelik, 63), Demiral, Bardakchi, Elmali (Kadio‘g‘li, 63), Chalxono‘g‘li (Ko‘kchu, 68), Yuksak (O‘zjan, 82), Akgun (Aydin, 46), Guler, Yildiz, Akturko‘g‘li.

Ispaniya — Simon, Porro, Le Norman, Heysen, Kukurelya, Merino, Subimendi (Rodri, 73), Pedri (de Frutos, 68), Yamal (Morata, 73), Uilyams (Torres, 44), Oyarsabal (Lopes, 68).

G guruhida Polsha Finlyandiyaga qarshi bahsda maydonda hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Levandovski boshchiligidagi polyaklar 3:1 hisobida zafar quchib, guruh peshqadami Niderlandiyani ochkolarda quvib yetdi.

G guruhi. 5-tur

Polsha — Finlyandiya 3:1

Gollar: Kesh (47), Levandovski (45+2), Kaminskiy (55) — Kallman (88).

Polsha — Skorupski, Kesh (Vsholek, 47), Visnevski, Bednarek, Kivior, Zelinski, Slish (Kapustka, 67), Shimanskiy, Kaminskiy (Buksa, 80), Zalevski, Levandovski (Sviderski, 67).

J guruhida Belgiya o‘zini haqiqiy favorit sifatida ko‘rsatdi. Qozog‘iston ustidan yirik — 6:0 hisobidagi g‘alaba qozongan «qizil iblislar» ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. De Bryuyne ikki bor, Dok-u ikki bor to‘p kiritsa, Raskin va Myone ham o‘z hissalarini qo‘shishdi.

J guruhi. 5-tur

Belgiya — Qozog‘iston 6:0

Gollar: De Bryuyne (42, 84), Dok-u (44, 60), Raskin (51), Myone (87).

Belgiya — Kurtua, Kastan, Debas, Teate, De Kyuyper (Vanaken, 71), Tilemans, Raskin (Myone, 71), Trossar (Fofana, 63), De Bryuyne (Vanhut, 86), Dok-u (Salemakers, 63), de Ketelare.

Qozog‘iston — Seysen, Kasim, Jaksibayev, Alip, Astanov, Orazov (Kasabulat, 58), Mujikov (Xalmatov, 73), Vorogovskiy, Kenjebek (Satpayev, 46), Samorodov (Karaman, 81), Omirtayev (Chesnokov, 46).

Shu tariqa, saralash bosqichi tobora qizg‘inlashib bormoqda. Yo‘lning bu bosqichida har bir ochkoning qiymati ikki karraga oshib borayotgani yaqqol ko‘rinadi. Kim tempni ushlab tura olsa, standartlarda aniqlik ko‘rsatsa va oxirgi daqiqalargacha diqqatni yo‘qotmasa — keyingi martabada yuqoriga ko‘tariladi. Germaniya, Ispaniya, Polsha va Belgiya kabi yirik terma jamoalar o‘z maqsadlari sari qadam tashlashda davom etmoqda. Muxlislarni esa oldinda yana ko‘plab dramatik va kurashlarga boy uchrashuvlar kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevropada saralash bahslari sensatsiyalarga boy kechmoqda...