date

Liverpuldagi jahon chempionatida 7 nafar boksimiz ringga chiqadi

Liverpuldagi jahon chempionatida 7 nafar boksimiz ringga chiqadi

Ayni kunlarda Angliyaning Liverpul shahrida kattalar o‘rtasidagi nufuzli Jahon chempionati qizg‘in pallaga kirdi. Turnirning beshinchi kuni nimchorak bosqich bahslari bilan davom etmoqda. Bu bosqichda g‘olib chiqqanlar chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladilar.

Bugun o‘zbek bokschilari uchun o‘ta mas’uliyatli kun bo‘ladi. Chunki 7 nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarilib, g‘alaba uchun kurash olib boradi. Har bir jang muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilishi tabiiy.

Juftliklar quyidagicha shakllangan:

-54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova vengriyalik Anna Lakotarga qarshi A ringda ringga chiqadi.

-70 kg vaznda Shavkatjon Boltayev ispan bokschisi Bernad Martinez bilan A ringda to‘qnashadi.

-90 kg vazn toifasida To‘rabek Xabibullayev grek raqibi Vagkan Nanitzanian bilan B ringda bahs olib boradi.

-65 kg vaznda Navbahor Hamidova belgiyalik Oshin Deriyeuv bilan B ringda kuch sinashadi.

-60 kg toifasida Abdumalik Xalokov italiyalik Jiuseppe Kanoniko bilan A ringda to‘qnashadi.

-75 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev turkiyalik Sultan Osmanli bilan B ringda yuzma-yuz keladi.

+90 kg og‘ir vazn toifasida Jahongir Zokirov Germaniya vakili Nikita Putilovga qarshi A ringda ringga ko‘tariladi.

Shubhasiz, har bir jang nafaqat bokschilarimiz, balki butun o‘zbek sport ahli uchun katta ahamiyatga ega. Liverpuldagi bu katta musobaqada yurtdoshlarimiz munosib ishtirok etishi mamlakatimiz sharafini yanada yuksaltirishi tabiiy.

Muxlislar esa barcha janglarni intiqlik bilan kutmoqda va bokschilarimizga omad tilamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpuldagi jahon chempionatida 7 nafar boksimiz ringga chiqadi