date

Shavkatjon Boltayev kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi

Shavkatjon Boltayev kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahrida kattalar o‘rtasidagi nufuzli jahon chempionati qizg‘in pallaga kirgan. Turnirda yurtimiz vakillari ham ringda munosib ishtirok etib, muxlislarimizni quvontirashmoqda.

Hozirgina o‘tkazilgan jangda hamyurtimiz Shavkatjon Boltayev Ispaniya sportchisi Bernad Martinezga qarshi bahs olib bordi. Bellashuv boshidanoq keskin va murosasiz tarzda kechdi. Birinchi raundda Boltayev raqibiga ochkolarda imkoniyatni boy berdi.

Biroq ikkinchi va uchinchi raundlarda u iroda, matonat va tajribasini ko‘rsatdi. Aniq zarbalar, tinimsiz harakat va himoyadagi ishonchli harakatlar orqali vaziyatni o‘z foydasiga burdi. Har bir daqiqada ustunlikni qo‘lga kiritgan Shavkatjon hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabani qo‘lga kiritdi va keyingi bosqich yo‘llanmasini oldi.

Bu g‘alaba nafaqat Boltayev uchun, balki o‘zbek boksi nufuzi uchun ham muhim natija bo‘ldi. U o‘z irodasi bilan jangni oxiriga qadar kurashish kerakligini yana bir bor amalda namoyish etdi.

Ma’lumot uchun, muxlislarimizni oldinda yana bir qiziqarli jang kutmoqda. To‘rabek Xabibullayev Gretsiya vakili Vagkan Nanitzanianga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu bellashuv ham muxlislar uchun unutilmas voqeaga aylanishi kutilmoqda.

Shavkatjon Boltayevning bugungi g‘alabasi esa yurtdoshlarimizda katta ruhiy ko‘tarinkilik uyg‘otdi va chempionatda keyingi natijalar uchun yangi umid baxsh etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkatjon Boltayev kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi