date

Shomurodov va Fayzullayev murabbiyiz qoldi

Shomurodov va Fayzullayev murabbiyiz qoldi

Istanbulning «Bashakshehir» klubi bosh murabbiyi Chag‘dash Atan iste’fo berdi, deb Kursiv Media xabar berdi. Klub matbuot xizmatiga ko‘ra, shartnoma o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi.

Rasmiy bayonotda Atanning so‘nggi ikki mavsumdagi sadoqati va professionalligi e’tirof etildi. U jamoani ikki yil ketma-ket Yevropa chempionlar kubogida g‘oliblikka olib chiqqan. Klub rahbariyati unga minnatdorchilik bildirib, kelgusidagi faoliyatida omad tiladi.

Atanning hisobida 47 g‘alaba, 22 durang va 29 mag‘lubiyat bor. Jamoa bu mavsum Yevropa ligasiga chiqa olmadi va Turkiya Superligasida dastlabki ikki o‘yinda durang qayd etdi. Turkiya OAViga ko‘ra, yangi murabbiy sifatida Nuri Shoxin nomzodi ko‘rilmoqda.

Iyul oyida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov «Roma»dan «Bashakshehir»ga o‘tgan edi. Shuningdek, iyul oxirida Moskva CSKA jamoasidan Abbosbek Fayzullayev ham klub safiga qo‘shilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov va Fayzullayev murabbiyiz qoldi