date

Gvardiola qishda yangi himoyachi olib kelmoqchi, Husanovga ham ishonch bor...

Gvardiola qishda yangi himoyachi olib kelmoqchi, Husanovga ham ishonch bor...

Angliya Premer-ligasining ilk turlarida Xosep Gvardiola boshqarayotgan «Manchester Siti» jamoasida o‘ng qanot himoyasi eng zaif nuqta sifatida namoyon bo‘ldi.
Hozirda ushbu pozitsiyada harakat qilayotgan Mateush Nunesh va Riko Lyuis o‘z mahoratini maksimal tarzda ishga solib, asosiy tarkibdan o‘rin olish uchun qattiq bellashishlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Manchester Evening News tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Xosep Gvardiola qishki transferlar oynasi ochilishi bilan ushbu pozitsiyaga yangi futbolchi olib kelish niyatida.
Manba ta’kidlashicha, «shaharliklar» yana bir bor Tino Livramento nomzodiga qaytishgan. Gvardiolaning jamoasi yozgi oylarda ham bu futbolchiga qiziqish bildirgandi.
Aslida «Chelsi» maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 22 yoshli Livramento 2021-yili «Sautgempton» safiga yo‘l olgan, oradan ikki yil o‘tib esa «Nyukasl Yunayted» klubiga ko‘chib o‘tdi. U hozirda aynan shu jamoa sharafini himoya qilmoqda.
Transfermarkt ekspertlarining baholashicha, har ikki qanotda harakat qila oladigan Livramentoning transfer qiymati 40 million yevro atrofida.
Shu bilan birga, markaziy himoyachi sifatida taniqli bo‘lgan Abduqodir Husanov ham har ikki qanotda ishonch bilan o‘ynay olishi qayd etilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xosep Gvardiola qishki transferlar oynasi ochilguniga qadar ayrim uchrashuvlarda o‘zbek legionerini aynan o‘ng qanot himoyasida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda.
Shu tariqa, Gvardiolaning jamoasi yozgi transferlardan keyin qishda ham himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida bosh qotirishi kutilmoqda, shu bilan birga Husanov uchun yangi imkoniyatlar eshigi ham ochilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola qishda yangi himoyachi olib kelmoqchi, Husanovga ham ishonch bor...