Portugaliya futbolida o‘z uslubi va xarakterli chiqishlari bilan tanilgan mashhur murabbiy Joze Mourinyu yaqin kunlarda yana Angliyaga yo‘l olishi mumkin. Odatda keskin fikrlari va g‘ayrioddiy uslubi bilan nom qozongan mutaxassis elita divizioni klublaridan birini boshqarishi ehtimoli haqida gap-so‘zlar kuchaydi.
TEAMtalk nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda Daniel Farke qo‘l ostida harakat qilayotgan "Lids" rahbariyati o‘zgarish qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. German murabbiyi jamoani o‘tgan mavsum Chempionshipdan qaytadan APLga olib chiqqan bo‘lsa-da, keyingi natijalardan klub rahbarlari rozi emasligi aytiladi. Shu bois portugaliyalik Mourinyu nomzodi asosiy variant sifatida muhokama qilinmoqda.
Shu bilan birga, "Lids" rahbariyati bosh murabbiylikka faqat Mourinyu emas, balki "Nottingem Forest" va "Tottenhem"ning sobiq ustozi Nunu Eshpiritu Santuni ham taklif etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyuning oxirgi ish joyi Turkiyadagi "Fenerbahche" klubi bo‘lgan. Biroq u yerda kutilgan natijalarga erisha olmadi — jamoa Chempionlar Ligasining asosiy bosqichiga yo‘l ola olmagani bois, tajribali murabbiy klubdan chetlatilgan edi.
Futbol jamoatchiligi hozircha bu yangilikka qiziqish bilan qaramoqda. Agar Mourinyu Angliyaga qaytsa, uning APLdagi navbatdagi safarini barcha ishqibozlar katta qiziqish bilan kuzatishi tabiiy.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!