Jek Grilish avgust oyida Premyer-liganing eng yaxshisi deb topildi

Angliyaning mahoratli yarim himoyachisi Jek Grilish Premyer-ligada avgust oyi uchun eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi mavsumning dastlabki 3 turida o‘ynagan bahslarida jamoasiga katta yordam berdi. U shiddatli o‘yinlarda jamoadoshlariga 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi va “Everton”ning muvaffaqiyatli start olishiga hissa qo‘shdi.
Grilish yozgi transfer davrida “Manchester Siti”dan ijara asosida “Everton” safini to‘ldirgandi. Uning klubga qo‘shilishi muxlislar tomonidan qizg‘in kutib olingan va hozirning o‘zidayoq o‘zini asosiy tarkibning muhim bo‘g‘ini sifatida namoyon etmoqda.

Eslatib o‘tish kerak, o‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi “Manchester Siti” safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 5 ta aniq golli pas uzatgan edi.
Grilishning Premyer-ligada oy futbolchisi deb topilishi uning hozirgi yuqori formasidan va yangi klubidagi javobgarlikni muvaffaqiyatli bajarayotganidan dalolat bermoqda.































Izohlar 0
…