date

Mikel Arteta: “Liverpul” tarkibi ligada eng kuchli hisoblanadi

Mikel Arteta: “Liverpul” tarkibi ligada eng kuchli hisoblanadi

“Arsenal” jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premer-ligasi chempionligi yo‘lidagi asosiy raqiblardan biri sifatida “Liverpul”ni ko‘rsatdi. Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, Arne Slot shogirdlari transfer bozorida olib borgan ishlari orqali tarkibini sezilarli ravishda mustahkamladi.

Ma’lumki, yozgi transfer oynasi davomida “Liverpul” yangi futbolchilarni xarid qilish uchun 400 million funtdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirdi. Xususan, Florian Virs hamda Aleksandr Isaakning kelishi Angliya futboli tarixida eng qimmat ikki transfer sifatida tarixda qoldi.

Arteta bu haqda quyidagicha fikr bildirdi:

— “Liverpul” hozirda juda ham kuchli tarkibga ega bo‘lib turibdi. Ular Yevropa transfer bozorida eng muhim deb hisoblangan ikki o‘yinchini qo‘lga kiritishdi. Mersisaydliklar bu yo‘nalishda katta ish bajardi, deb aytishim mumkin.

Shu bilan birga, “Arsenal” murabbiyi o‘z jamoasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

— Garchi “Liverpul” tarkibi ligada eng kuchlilardan biri bo‘lsa-da, biz avvalo o‘zimizga e’tibor qaratishimiz zarur. Asosiy masala — ularni qanday ortda qoldirishimiz va bunga erishish uchun qay yo‘nalishda mehnat qilishimiz haqida o‘ylashdir.

Arteta jamoasi keyingi turlarda chempionlik uchun kurashda “Liverpul” bilan uzoq davom etadigan raqobatni kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mikel Arteta: “Liverpul” tarkibi ligada eng kuchli hisoblanadi