date

O‘zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatida mutlaq yetakchi bo‘lishdi

O‘zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatida mutlaq yetakchi bo‘lishdi

Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ham yakunlandi. Musobaqa davomida o‘zbekistonlik dzyudochilar haqiqiy mahorat va yuksak tayyorgarlikni namoyish etishdi.

Turnirning dastlabki kuniyoq dzyudo terma jamoasi 9 ta medalni qo‘lga kiritib, qit’adagi eng kuchli jamoalardan biri sifatida yetakchilikni qo‘lga oldi. Ushbu natija 3 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medaldan iborat bo‘ldi.

Shu bilan birga, chempionatning so‘nggi bosqichi ham o‘zbekistonlik yoshlar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi. Final bahslarida jang qilgan 5 nafar dzyudochimiz birin-ketin g‘alabaga erishib, barchasi chempionlik unvonini qo‘lga kiritishdi.

Natijada, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medal jamg‘arib, umumiy hisobda 14 ta medalga ega chiqdi va Osiyo chempioni sifatida birinchilikni rasman qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi o‘rin Koreya Respublikasiga nasib etdi — ular 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan sovrindorlar qatoriga kirishdi. Hindiston terma jamoasi esa 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medal bilan kuchli uchlikni yopdi.

E’tiborli jihati shundaki, to‘rt kunlik shiddatli bellashuvlar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari birgalikda jami 31 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu natija yosh dzyudochilarimizning jahon arenasida ham munosib kuch sifatida maydonga chiqishga tayyor ekanini yana bir bor namoyish qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston dzyudochilari Osiyo chempionatida mutlaq yetakchi bo‘lishdi