date

“Manchester Yunayted” yulduzlarini qiynagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Yunayted” yulduzlarini qiynagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?

Angliya Premyer-ligasining 4-turidan o‘rin olgan eng markaziy to‘qnashuv Manchester shahri derbisi bo‘ldi. «Etihad» arenаsida o‘tgan katta bahsda Xosep Gvardiola shogirdlari «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushdi.

Qator jarohatlar va tarkibiy muammolarga qaramay, «shaharliklar» ustozі Gvardiola jamoasini yuksak darajada tayyorlay oldi. Avvalgi ikki mag‘lubiyatdan keyin bosim ostida maydonga chiqqan «Siti» bu safar raqibini imkoniyatsiz qoldirdi va to‘liq ustunlikni namoyish etdi.

Eng katta yangilik shundaki, muhim derbida «Siti» darvozasini yangi darvozabon Janluidji Donnarumma qo‘riqladi. Italiyalik qo‘riqchi debyut bahsini a’lo darajada o‘tkazdi. Shuningdek, 21 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husаnov ham jamoaga katta yordam berdi. U oldingi turlarda muammo bo‘lgan o‘ng qanot himoyasida harakat qilib, bir necha muhim to‘p olib qo‘ydi va faolligi bilan ajralib turdi.

Nufuzli esteemedkompany.com sayti o‘yinchilarni quyidagicha baholadi:

  • Janluidji Donnarumma — 8.5/10. Birinchi uchrashuvidaёq jarima maydonchasida to‘liq nazorat o‘rnatdi va ikkita supersave bilan olqishlarga sazovor bo‘ldi.

  • Abduqodir Husаnov — 8/10. Asli markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, qanotda ishonchli harakat qildi. Xatolarini tez tuzatish bilan birga, 12 ta himoya harakati bilan jamoada ikkinchi ko‘rsatkichni qayd etdi.

  • Ruben Diash — 7/10. Ortiqcha xavfli podkаtlardan qochib, o‘z ishini ishonchli bajardi.

  • Yoshko Gvardiol — 7/10. Birinchi bahsini barqaror o‘tkazdi va himoyaga hotirjamlik baxsh etdi.

  • Niko O’Reyli — 8/10. Chap qanotda yuqori darajada faol bo‘lib, ikkinchi golда asosiy rol o‘ynadi.

  • Rodri — 6/10. Hali sport formasiga kirish jarayonida. Birinchi bo‘limda bir necha marta to‘p yo‘qotdi.

  • Bernardu Silva — 6.5/10. Faollik ko‘rsatganiga qaramay, birinchi bo‘limda tempga moslasha olmadi, ammo keyinchalik Holandga assist qildi.

  • Tijani Reynders — 6.5/10. Imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmadi, ammo ikkinchi bo‘limda ishonchliroq harakat qildi.

  • Fil Foden — 10/10. Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi. Maydon markazida o‘yin tempini to‘liq boshqardi. Hisobni ochdi va ikkinchi golда ham asosiy ishtirokchi bo‘ldi. «Siti»ga yetishmayotgan o‘yinchi topildi.

  • Jeremi Doku — 9.5/10. «Manchester Siti»dagi eng zo‘r o‘yinini o‘tkazdi. Ikkita golли uzatma, yuqori tezlik va sovuqqonlik bilan muxlislarni hayratda qoldirdi.

  • Erling Holand — 9.5/10. O‘z uslubida o‘ynab, dubl qayd etdi. Shu bilan birga himoyaga yordam berdi va doimiy xavf solib turdi.

«Siti» shu zafardan so‘ng ochkolarini 6 taga yetkazdi va jadvalda sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Manchester Yunayted» esa 4 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.

Bu derbi nafaqat natija, balki yangi yulduzlarning porlashi bilan ham esda qoldi. Donnarumma va Husаnovning o‘yini muxlislar tomonidan uzoq vaqt yodda saqlanishi aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Yunayted” yulduzlarini qiynagan Husanovning o‘yini qanday baholandi?