date

Konor Makgregor prezidentlik saylovidan nomzodligini qaytardi

Konor Makgregor prezidentlik saylovidan nomzodligini qaytardi
UFC'ning sobiq chempioni, dunyoning mashhur jangchilaridan biri Konor Makgregor o‘zining Irlandiya prezidentligi uchun kurashdan chiqish qarorini e’lon qildi. Uning bu haqdagi bayonoti shaxsiy ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilindi.

“Men bu qarorni puxta o‘ylab, oilam bilan maslahatlashgan holda qabul qildim. Prezidentlik saylovi poygasidan nomzodimni qaytarish oson bo‘lmadi, ammo hozirgi sharoitda bu eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblayman”, — deb yozdi Konor Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, Irlandiyada prezidentlik saylovi 2025 yil 11 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan. Joriy yilning 4 sentyabr kuni Konor Makgregor rasman prezidentlik poygasiga qo‘shilayotganini e’lon qilgan edi. Uning siyosatga kirib kelishi nafaqat Irlandiya, balki jahon jamoatchiligida ham katta qiziqish uyg‘otgandi.

Ko‘plab muxlislar va tahlilchilar Makgregorning saylovda ishtirok etishini kutilmagan voqea sifatida baholashgandi. Sababi, u ko‘p yillardan beri sport olamida faoliyat yuritib, professional UFC jangovari sifatida mashhurlikka erishgan. Shu bois uning siyosiy sahnaga chiqishi ko‘pchilik uchun noodatiy voqea sifatida ko‘rildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregor prezidentlik saylovidan nomzodligini qaytardi