date

“Barselona” afsonasi Abidal o‘zini tirik va sog‘lom dedi

“Barselona” afsonasi Abidal o‘zini tirik va sog‘lom dedi

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda yaqin kunlarda “Barselona”ning sobiq himoyachisi Erik Abidal vafot etgani haqida asossiz ma’lumotlar tarqaldi. Bu xabarlar ko‘plab muxlislarni tashvishga soldi.

Biroq 11-sentyabrda 46 yoshini nishonlagan fransuz futbol afsonasi shaxsan o‘zi bu mish-mishlarga izoh berdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali shunday yozdi:

— Ba’zi gap-so‘zlar aslida umuman bo‘lmasligi kerak. Men hozir shu yerdaman, oilam bilan birga yashayapman va barchasi joyida. Hurmat – barcha narsaning kaliti. Men tirikman va sog‘-salomatman. Meni qo‘llab-quvvatlayotganlarning barchasiga minnatdorlik bildiraman. Keling, bor diqqatimizni haqiqatan muhim bo‘lgan ishlarga qarataylik.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yili Erik Abidal og‘ir kasallikka duchor bo‘lgan edi va o‘sha paytda unga donor jigari ko‘chirib o‘tkazilgan. Shuningdek, futbolchi o‘zining matonati va sabr-toqati bilan millionlab muxlislarga namuna bo‘lgan.

Abidalning professional faoliyati 1999-yildan 2014-yilgacha davom etgan. U bu davr mobaynida Fransiyaning “Lill”, “Lion”, “Monako” klublarida, shuningdek, Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasida to‘p tepgan. Ammo uning eng yorqin sahifalari “Barselona” safida o‘tdi. Kataloniya klubi bilan bir qator yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgan Abidal muxlislar qalbida alohida o‘rin egallaydi.

Shu tariqa, sobiq futbolchi haqida tarqalgan asossiz xabarlar yana bir bor rad etildi. Abidalning o‘zi esa sog‘-salomat ekanini bildirib, muxlislardan ortiqcha xavotir olmaslikni so‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Barselona” afsonasi Abidal o‘zini tirik va sog‘lom dedi