Angliya Premer-ligasining 4-turi doirasida o‘tgan derbi bahsida “Manchester Siti” futbolchilari o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni 3:0 hisobida yirik tarzda taslim etdi.
Ushbu uchrashuv “shaharliklar” ustozi Xosep Gvardiola uchun o‘ziga xos yubileyga aylandi. Ispaniyalik mashhur murabbiy top-chempionatlarda 600-o‘yinini o‘tkazish sharafiga erishdi.
Pep hisobida 446 ta g‘alaba, 85 marta durang va bor-yo‘g‘i 69 mag‘lubiyat qayd etilgan. Bu raqamlar murabbiyning yuqori darajadagi samaradorligini ko‘rsatib, milliy chempionatlardagi bahslarning 74,3 foizida g‘alaba qozonganini anglatadi.
Gvardiola uchun yana bir esda qolarli o‘yin aynan “Manchester Yunayted”ga qarshi derbida ro‘y berdi. “Siti”ning navbatdagi sinovi Chempionlar Ligasi doirasida “Napoli”ga qarshi (19-sentyabrga o‘tar tun) bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 21-sentyabr kuni Premer-liga doirasida “Arsenal” bilan to‘qnashuv kutmoqda.
Muxlislar uchun bu jamoaning yangi sinovlarida ham Gvardiolaning yubiley g‘alabasi kabi kuchli va ishonchli o‘yin ko‘rsatishi katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!