
«Arsenal» jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasining yangi mavsumi arafasida o‘z fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, oldinda uzoq va mashaqqatli yo‘l turgan bo‘lsa-da, jamoa unga tayyor.
«Biz g‘alaba qozonish uchun har bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalanishimiz zarur. Asosiy vazifalardan biri — jarohatlardan qochish. Agar bu to‘siq bo‘lmasa, maqsadlarimizga yaqinlashishimiz mumkin», — dedi Arteta.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan mavsum yarimfinalda omad kulib boqmagan. Ammo shu natija orqali jamoa katta xulosa chiqargan va tajriba to‘plagan. «Aslida o‘tgan yili ham uzoqroqqa borish imkonimiz bor edi, lekin unday bo‘lmadi. Shu sababli bu mavsumda o‘z imkoniyatlarimizga ishonamiz va musobaqani oxirigacha olib borishimiz mumkin deb o‘ylayman», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.
Arteta va shogirdlari «Atletik»ga qarshi o‘yin oldidan ham muxlislarga ishonch uyg‘otdi. «Arsenal» bu mavsum Yevropa sahnasida o‘z so‘zini aytib, yanada yuqori marralarni zabt etishni maqsad qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!