date

Arne Slot: «Liverpul»dagi o‘zgarishlarga qaramay ajoyib start oldik

Arne Slot: «Liverpul»dagi o‘zgarishlarga qaramay ajoyib start oldik

Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining dastlabki to‘rt turida «Liverpul» yo‘qotishsiz harakat qildi va barcha bellashuvlarda maksimal ochkolarni jamg‘ardi. Jamoaning bosh murabbiyi Arne Slot bu haqdagi taassurotlarini bildirib o‘tdi.

Niderlandiyalik mutaxassis yozgi transferlar davrida tarkibda yuz bergan katta o‘zgarishlarni e’tiborga olib, bundan yomonroq natijalarni kutganini yashirmadi:

— Rostini aytsam, biz kutganimizdan ham ancha yuqori ko‘rsatkichga erishdik. Hamma yaxshi biladi, bu yozda jamoada sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, Premer-liga kabi qiyin chempionatda to‘rtta uchrashuvda 12 ochko to‘plash — bu haqiqatan ham juda katta yutuq. Ochig‘i, tarkibdagi o‘zgarishlardan keyin vaziyat bundan yomonroq bo‘lishi mumkin, deb o‘ylagandim, — deya ta’kidladi Slot.

Endilikda mersisaydliklarni yanada jiddiy sinov kutyapti. Bugun, chorshanba kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichining ilk turida «Liverpul» o‘z maydonida kuchli raqib — «Atletiko Madrid»ni qabul qiladi.

Muxlislar esa jamoaning yorqin startdan keyin Yevropa sahnasida qanday harakat qilishi bilan qiziqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arne Slot: «Liverpul»dagi o‘zgarishlarga qaramay ajoyib start oldik