date

Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi: unga faqat vaqt kerak

Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi: unga faqat vaqt kerak

Turkiyaning nufuzli klubi «Istanbul Bashakshehir» safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik iqtidorli yarimhimoyachi Abbosbek Fayzullayev haqida uning birinchi murabbiyi Dmitriy An o‘z qarashlarini bildirib o‘tdi.

Anning ta’kidlashicha, yosh futbolchi hozirda yangi muhitga ko‘nikish jarayonini boshdan kechirmoqda. «Klubga yaqinda yangi bosh murabbiy – Nuri Shahin keldi. Rostini aytsam, men Abbosning asosiy tarkibda maydonga tushishini kutayapman», – dedi u.

Murabbiyning fikricha, Fayzullayev zimmasida ma’lum ma’noda bosim ham bor. Chunki uning transferi uchun katta mablag‘ sarf qilindi va u jamoada eng yuqori maosh oladigan futbolchilardan biriga aylandi. Shu sababli, u mas’uliyatni yanada kuchli his qilayapti.

«Ammo men Abbosni yaxshi bilaman – u zukko va ma’suliyatli yigit. Faqatgina unga ozgina vaqt berilishi zarur. Barchasi yaxshi yo‘lga qo‘yiladi, deb ishonaman», – deya qo‘shimcha qildi An.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yozgi transferlar davrida Moskvaning «SSKA» klubidan «Istanbul Bashakshehir» jamoasiga yo‘l olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi: unga faqat vaqt kerak