“Barselona”ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski Angliya Premer-ligasi klublarining transfer siyosati va ular sarflayotgan ulkan mablag‘lar haqida o‘ziga xos fikr bildirdi.
37 yoshli polyak forvardning ta’kidlashicha, Angliya klublari ko‘p hollarda hali o‘zini to‘liq namoyish qilib ulgurmagan futbolchilarga ulkan mablag‘ sarflaydi. Unga ko‘ra, ayrim o‘yinchilar bor-yo‘g‘i bir mavsum yoki yarim yil davomida o‘nta gol ursa ham, ularga 60-70 million yevro taklif etiladi.
– Angliya klublari hatto to‘liq sinovdan o‘tmagan futbolchilarni ham katta summalarga sotib olyapti. Agar sen yosh bo‘lsang va olti oyda o‘nta gol kiritsang, shubhasiz, qandaydir klub seni 60 yoki 70 million yevroga xarid qiladi. Ilgari esa, futbolchi haqiqiy yutuqlarga erishishi talab etilardi. Hozir esa, sarflanayotgan mablag‘larga o‘yinchining haqiqiy sifati mos keladimi yoki yo‘q – hech kim aniq bilmaydi, – dedi Levandovski.
Polshalik to‘purar o‘zining boy faoliyati davomida asosan Germaniya chempionatida o‘ynadi va u yerda katta yutuqlarga erishdi. Faqat 2022-yilda “Barselona”ga kelgan hujumchi hech qachon Angliya Premer-ligasida maydonga tushmagan.
Levandovskining bu fikrlari Angliya klublari amalga oshirishayotgan katta sarflar haqida keng muhokamalarni yanada kuchaytirishi shubhasiz.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!