«Benfika» jamoasi rahbarligini o‘z qo‘liga olgan Joze Mourinyu yaqindagi intervyusida Turkiya klubi «Fenerbahche»da ishlaganini to‘g‘ri qaror bo‘lmaganini ochiq tan oldi. Portugaliyalik mutaxassis 2024-yil yozidan buyon boshqargan jamoasini avgust oyi yakunida tark etgan edi.
«Men uchun qaytish – bu dunyoning eng nufuzli klublaridan birini boshqarish imkoniyatidir. Faoliyatim davomida ko‘plab davlatlarda yirik jamoalar bilan ishladim va katta tajriba to‘pladim.
Albatta, ayrim vaqtlarda xato qarorlar ham qabul qilganman. Shulardan biri – «Fenerbahche»da ish boshlashim edi. U yerdagi madaniyat men uchun begona bo‘ldi, futbol darajasi esa mening o‘rnimga to‘g‘ri kelmadi. Shunga qaramay, oxirgi kunimga qadar qo‘limdan kelgan barcha mehnatni qildim», – dedi Mourinyu.
Taniqli murabbiy shuningdek, ishdan ketgan paytida jahli chiqqanini yashirmadi: «Hech bir murabbiy ishsiz qolishni xohlamaydi. Men ham Brunu Laje kabi bu holatdan ranjidim. Ammo hozir «Benfika»ni boshqarish orqali o‘zimning haqiqiy darajamga qaytdim. Chunki mening maqomim – faqat eng yirik klublarni boshqarish».
Mourinyuning bu bayonoti nafaqat Portugaliya, balki butun Yevropa futbol jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi. Chunki u yana o‘zini futbol olamining eng katta sahnasidan ko‘rsatishga tayyor ekanini ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!