date

PSJ delegatsiyasi «Oltin to‘p» marosimiga qisqartirilgan tarkibda yo‘l oldi

PSJ delegatsiyasi «Oltin to‘p» marosimiga qisqartirilgan tarkibda yo‘l oldi

Parijning yetakchi klubi «PSJ» uchun bir vaqtning o‘zida ikki yirik voqea to‘qnash keldi – Fransiya chempionati doirasidagi «Marsel»ga qarshi bahs va Parijda o‘tadigan nufuzli «Oltin to‘p» taqdirlash marosimi.

Dastlab parijliklar delegatsiyasi 60 kishidan iborat bo‘lishi rejalashtirilgandi. Biroq uchrashuvning bugunga ko‘chirilishi sabab delegatsiya soni qisqartirilib, 40 nafarga tushirildi. Bu qaror ortidan ayrim futbolchilar va ularning yaqinlari marosimda ishtirok etish imkonidan mahrum bo‘ldi.

«Oltin to‘p» uchun asosiy nomzodlardan biri sanaladigan Usmon Dembele ikkilamchi bosim ostida qoldi. Unga bir vaqtning o‘zida ham muhim chempionat o‘yini, ham marosim mas’uliyati yuklangan. Shuning uchun Dembele bugungi kunni katta sinov sifatida qabul qilmoqda.

Marosim soat 23:00 da start oladi. «PSJ» matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jamoa kecha Parijga qaytgan, bugun esa yana Marselga yo‘l oladi. 40 kishilik qisqartirilgan tarkibda (xavfsizlik xodimlarisiz) Dembele o‘z oila a’zolari bilan ishtirok etadi. Shuningdek, yosh iste’dodlar Dezire Due va Joau Nevesh ham yaqinlari bilan birga marosimda bo‘lishadi. Biroq Dembelening so‘ragan 30 nafar mehmoni teatrning 400 o‘rinli asosiy qismida joy olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

Klub prezidenti Nasser Al-Xelayfining marosimda qatnashishi hali noma’lumligicha qolmoqda. Bosh murabbiy Luis Enrike esa individual mukofotlar tizimini oldindan tanqid qilib kelgani uchun marosimda qatnashmaslikka qaror qilgan.

Shu holatda, «PSJ» delegatsiyasi tarkibining qisqarishi va ichki qarama-qarshiliklar fonidagi marosim katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJ delegatsiyasi «Oltin to‘p» marosimiga qisqartirilgan tarkibda yo‘l oldi