date

Angliya liga kubogida dramatik bahslar va kutilmagan natijalar qayd etildi (video)

Angliya liga kubogida dramatik bahslar va kutilmagan natijalar qayd etildi (video)

Angliya liga kubogining 1/16 final bosqichi o‘yinlari futbol muxlislariga nafas tortdirmaydigan voqealarni ulashdi. Bir nechta uchrashuvlarda intriga so‘nggi daqiqalargacha saqlanib qoldi, ayrim jamoalar esa irodali g‘alaba hisobiga keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Enfildda «Liverpul» muxlislari dramatik tarzda g‘alabaga guvoh bo‘lishdi. «Sauthempton» 76-daqiqada Charlzning goli orqali hisobni ochgandi. Biroq «qizillar» oxirgi o‘n daqiqa ichida vaziyatni butunlay o‘zgartirishdi. Avval Isak 83-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ordan ikki daqiqa o‘tmay esa Ekitike g‘alaba golini kiritdi. Shu bilan birga, u 86-daqiqada maydondan chetlatildi, ammo natija o‘zgarmadi — «Liverpul» 1/8 finalga chiqdi.

Liverpul — Sauthempton 2:1

Gollar: Isak (83), Ekitike (85) — Charlz (76).

Liverpul — Mamardashvili, Leoni (Kerkez, 81), Gomes, Frimpong, Robertson, Jons (Bredli, 57), Endo, Nioni, Ngumoha (Danns, 75), Isak (Ekitike, 46), Keza.

Chetlatish: Ekitike (86).

«Chelsi»ning safarda «Linkoln»ga qarshi o‘yini ham muxlislar xotirasida uzoq qoladi. Birinchi bo‘limda mezbonlar Stritning goli bilan hisobni ochib, tomoshabinlarni hayratda qoldirishdi. Biroq ikkinchi taym boshlanishi bilan «qizil iblislar» qaysi kuchga egaligini namoyish etishdi: Jorj 48-daqiqada hisobni tenglashtirsa, ikki daqiqa o‘tib Buonanotte «Chelsi»ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Linkoln — Chelsi 1:2

Gollar: Strit (42) — Jorj (48), Buonanotte (50).

Chelsi — Yorgensen, Gyusto, Fofana, Chaloba, Hato, Fernandes (Kukurelya, 70), Santos, Gittens (Net-u, 70), Buonanotte (Uolsh, 90+4), Garnacho (Estevao, 59), Jorj (Mheuka, 70).

«Vulverhempton» o‘z maydonida «Everton»ni 2:0 hisobida ortda qoldirdi. Manetzi 29-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oxirgi daqiqalarda Arokodare tomonidan kiritilgan ikkinchi gol mezbonlarning ustunligini mustahkamladi.

Vulverhempton — Everton 2:0

Gollar: Manetzi (29), Arokodare (88).

«Brayton» esa haqiqiy gol yomg‘iri uyushtirdi. «Barnsli»ga qarshi o‘yinda Gomes bir o‘zi to‘rtta gol kiritib, superhet-trik qayd etdi. Houell va Ayyari ham o‘z nomlarini gol urganlar ro‘yxatiga yozdirib qo‘yishdi. Umumiy hisob — 6:0.

Barnsli — Brayton 0:6

Gollar: Gomes (9, 21, 33, 68), Houell (87), Ayyari (89).

«Fulhem» ham o‘z muxlislarini xursand qildi. "Kembrij"ga qarshi bahsda Smit-Rouning 66-daqiqadagi aniq zarbasi yagona va hal qiluvchi gol bo‘ldi.

Fulhem — Kembrij 1:0

Gol: Smit-Rou (66).

Shu bilan birga, bir qator o‘yinlarda kutilmagan natijalar qayd etildi. «Byornli» o‘z uyida «Kardiff»dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. «Kardiff» birinchi bo‘limda Koluill va Robinsonning gollari orqali hisobni mustahkamladi, «Byornli» esa ikkinchi taymda Flemmingning goli bilan farqni qisqartirish bilan cheklandi.

Byornli — Kardiff 1:2

Gollar: Flemming (56) — Koluill (30), Robinson (35).

«Uigan» ham o‘z muxlislarini xursand qila olmadi. Ular «Uikomb»ga qarshi bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Boyd-Mans va MkNeyli tomonidan kiritilgan gollar mehmonlarga g‘alaba olib keldi.

Uigan — Uikomb 0:2

Gollar: Boyd-Mans (32), MkNeyli (62).

Kunning yana bir qiziqarli bahsida «Reks’hem» o‘z maydonida «Reding» ustidan ishonchli g‘alaba qozondi. Brodhed 57 va 70-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl muallifiga aylandi hamda jamoasiga keyingi bosqich yo‘llanmasini ta’minladi.

Reks’hem — Reding 2:0

Gollar: Brodhed (57, 70).

Shu tariqa, Angliya liga kubogining 1/16 finali futbol muxlislariga dramatik burilishlar, gollarga boy o‘yinlar va kutilmagan natijalarni ulashdi. Endilikda barcha e’tibor 1/8 finaldagi to‘qnashuvlarga qaratiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya liga kubogida dramatik bahslar va kutilmagan natijalar qayd etildi (video)