date

Bolotov 100 metrga chalqancha suzishda jahon chempioni bo‘ldi

Bolotov 100 metrga chalqancha suzishda jahon chempioni bo‘ldi
Singapurda o‘tkazilgan para suzish bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Yegor Bolotov tarixiy natija qayd etdi. U 100 metrga chalqancha suzish dasturida jahon chempioniga aylanib, oltin medalga ega chiqdi. Bu haqda Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

S13 toifasida bahs olib borgan Bolotov masofani 58.97 soniyada bosib o‘tdi va barcha raqiblaridan oldin marraga yetdi. Bu natija O‘zbekiston terma jamoasi uchun musobaqadagi ikkinchi medal hisoblanadi.

Shu bilan Yegor Bolotov para suzish bo‘yicha jahon chempionatida oltin medal yutib olgan ilk o‘zbekistonlik erkak sportchi sifatida tarixga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, u kecha ham 100 metrga erkin usulda suzishda bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bolotov 100 metrga chalqancha suzishda jahon chempioni bo‘ldi