Ispaniya chempionati doirasida o‘tgan “Real” — “Levante” uchrashuvi madridliklar uchun yorqin g‘alaba bilan yakunlandi. Xabi Alonso boshqaruvidagi “qaymoqranglilar” raqib darvozasini 4:1 hisobida taslim etdi. Jamoa yulduzi Kilian Mbappe esa dubl muallifi bo‘ldi.
Realmadridconfidencial yozishicha, fransuz hujumchisi La Liganing “Real” safidagi ilk 40 o‘yinida 38 ta gol urgan. Shu bilan u portugaliyalik to‘purar Krishtianu Ronalduning natijasini ham ortda qoldirdi. Ma’lumki, besh karra “Oltin to‘p” sohibining madridliklar safidagi dastlabki 40 chempionat o‘yinida 37 ta goli mavjud edi.
Mbappe joriy mavsum La Ligada 6 ta bahsda maydonga tushib, 7 marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar