date

Mirjalol Qosimov: «Andijon» darvozasiga yo‘l topa olmadik

Mirjalol Qosimov: «Andijon» darvozasiga yo‘l topa olmadik

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan «Andijon» – OKMK bahsidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Murabbiy avvalo stadionga tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorlik bildirdi. Uning fikricha, uchrashuv haqiqiy futbol kayfiyatini bergan, maydonda keskin va ta’sirli kurash kechgan. Biroq Qosimovning ta’kidlashicha, jamoasi mag‘lubiyatga munosib o‘yin ko‘rsatmagan. Birinchi bo‘limda kiritilgan gol shubhali bo‘lgani, ofsayd bor-yo‘qligi bahsli ekanini u alohida qayd etdi. «Andijon» g‘alabasi bilan tabriklandi, ammo ikkinchi bo‘limda qancha mehnat qilinmasin, raqibning tartibli himoyasi va darvozabonning ishonchli o‘yini sabab gol urishning iloji topilmadi. Xususan, so‘nggi daqiqalarda Xurshidda imkoniyat bo‘lganini, biroq u ham golga aylanmaganini eslatdi.

Qosimov jamoasining asosiy muammosini yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olmaganida ko‘rdi. Uning fikricha, ikkinchi bo‘limda ko‘rsatilgan shijoat va harakatni birinchi bo‘limda ham namoyish etganida, hisob mutlaqo boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

Murabbiyga Asadbek Sobirjonov haqida ham savol berildi. Chunki u maydonga kirgandan keyin OKMKning hujumlari ko‘paygandi. Bu borada Qosimov: «Agar uni boshidan tushirganimizda ham savollar bo‘lardi. Asadbek o‘yinga yaxshi qo‘shildi, ammo bahsli vaziyatda o‘zini bunday tutishga haqqi yo‘q edi. Chunki vaqt biz tarafda emasdi. Bunday holatda esa ortiqcha tortishuvsiz faqat futbol o‘ynash kerak», deb javob qaytardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: «Andijon» darvozasiga yo‘l topa olmadik