date

Saudiya proligasi. «An Nasr» amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Saudiya proligasi. «An Nasr» amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Saudiya Pro-ligasining 4-turidan o‘rin olgan "Al-Ittihod" - "An-Nasr" klublari o‘rtasidagi markaziy bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur to‘qnashuvda mehmonlar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Dastlab, uchrashuvning 9-daqiqasidayoq senegallik hujumchi Sadio Mane Komanning uzatmasini golga aylantirdi. 35-daqiqaga kelib esa Krishtianu Ronaldu oradagi farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi. Ushbu ikki gol o‘yin taqdirini hal qilgan holda, "An-Nasr"ga 3 ochkoni taqdim etdi.

Saudiya proligasi. 4-tur. 26 sentyabr

Al Ittihod — An Nasr 0:2

Gollar: Mane (9), Ronaldu (35).

Al Ittihod — Raykovich, Al Julaydan (Sharahili, 77), Al Musa, Pereyra, Fagihi (Al Obid, 61), Kante, Auar (Al G‘amdi, 45+2), Fabinio, Diabi, Bergveyn, Benzema.

An Nasr — Bentu, Bushal, Simakan, Martines, Ayman (G‘arib, 90), Koman (Al G‘annam, 86), Brozovich, Al Haybari (Al Hasan, 90), Mane, Ronaldu (Al Amri, 90+5), Feliks.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bellashuvdan so‘ng "An-Nasr" 100 foizlik natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi (12 ochko). Ikkinchi o‘rindagi "Al-Ittihod"da esa 9 ochko mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya proligasi. «An Nasr» amaldagi chempionni mag‘lub etdi