date

«Manchester Yunayted» ushbu uch futbolchidan voz kechishga qaror qildi

«Manchester Yunayted» ushbu uch futbolchidan voz kechishga qaror qildi

Angliyaning mashhur klubi «Manchester Yunayted»da yangi mavsum oldidan jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti. The Sun nashri yozganidek, klub rahbariyati joriy mavsum yakunlangach, tarkibdagi bir qator futbolchilar bilan xayrlashishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «qizil iblislar» transfer bozorida yirik xarid amalga oshirish niyatida. Ayniqsa, maydon markaziga yangi ijrochi olib kelish uchun katta mablag‘ talab etiladi. Shu bois klub shartnomasi 2026-yilning 30 iyun kuni yakunlanadigan futbolchilardan uch nafariga yangi bitim taklif etmaslikka qaror qildi.

Birinchi navbatda, jamoa sardorlaridan biri bo‘lgan braziliyalik tajribali yarimhimoyachi Kazemiroga ishonch so‘ndirildi. 33 yoshli futbolchi jamoada eng katta maosh oladiganlardan biri sanaladi, shuning uchun klub undan voz kechishga qaror qildi.

Shuningdek, hozirda «Aston Villa» safida ijara asosida to‘p surib kelayotgan qanot hujumchisi Jeydon Sancho ham qaytib kelgandan so‘ng tarkibda qolmasligi kutilyapti. MYU rahbariyati undan tezroq qutilish niyatida ekani aytiladi.

Yana bir futbolchi – chap qanot himoyachisi Tirell Malasia ham o‘z jamoasini almashtirishi talab etiladi. Yozda uni Turkiya chempionatiga yo‘llash haqida muzokaralar bo‘lgan, biroq o‘shanda transfer amalga oshmay qolgan edi.

Klub mutasaddilari yangi mavsum oldidan tarkibda joy bo‘shatish va mablag‘ tejash orqali markaziy yarimhimoyachi pozitsiyasiga yangi yulduz olib kelishga bel bog‘lagan. Bu qaror MYUning keyingi yillardagi jiddiy qayta qurish rejalarining bir qismi sifatida baholanmoqda.

Shu tariqa, Kazemiro, Sancho va Malasia «Old Trafford»dagi faoliyatini yakunlab, erkin agent sifatida o‘zlariga yangi klub izlashga majbur bo‘lishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» ushbu uch futbolchidan voz kechishga qaror qildi