date

207 millionlik «Chelsi» yulduzlariga «Real»dan katta talab

207 millionlik «Chelsi» yulduzlariga «Real»dan katta talab

TBR Football tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Madridning «Real» klubi «Chelsi» safida to‘p surib kelayotgan ikki markaziy yarim himoyachi — ekvadorlik Moyses Kaysedo va argentinalik Enso Fernandesga katta qiziqish bildirgan. Ispan klubi rahbariyati ularni maydon markazidagi uzoq yillik asosiy o‘yinchilar sifatida ko‘rishni maqsad qilgan.

Ma’lumki, ushbu futbolchilar London klubiga rekord darajada qimmatga tushgan. Jami 207 million funt sarf qilingan: Enso Fernandes 2023 yil qishida «Benfika»dan 100 million funt evaziga olib kelingan bo‘lsa, Moyses Kaysedo 2024 yil yozgi transferida «Brayton»dan 107 million funtga qo‘shilgan.

Hozircha rasmiy muzokaralar boshlanmagani aytilmoqda. Biroq «Real»ning «Chelsi» futbolchilariga qiziqishi bir nechta ishonchli manbalar tomonidan tasdiqlandi. Agar kelishuv amalga oshsa, bu transferlar La Ligadagi so‘nggi yillarning eng shov-shuvli bitimlari sifatida tarixga kirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 207 millionlik «Chelsi» yulduzlariga «Real»dan katta talab