date

O‘zbekiston va AQSh 4 mlrd dollarlik energiya bitimlariga imzo chekdi

O‘zbekiston va AQSh 4 mlrd dollarlik energiya bitimlariga imzo chekdi

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 3–4 milliard AQSh dollariga teng energetika loyihalari bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Energetika vaziri Jura-bek Mirzamahmudov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi Kursiv Media.

Vazirning aytishicha, AQSh bilan gaz tizimidagi uskunalarni yangilash, yangi burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish va gaz quyish stansiyalari qurilishi kabi loyihalar ko‘zda tutilgan.

- Schlumberger va Baker Hughes bilan zamonaviy burg‘ilash metodlari bo‘yicha kelishuv tuzilgan
- Gulf kompaniyasi bilan AGNKC (gaz quyish shoxobchalari) tarmog‘i qurilishi yuzasidan “O‘zbekneftgaz” bilan memorandum imzolangan
- Air Products kompaniyasi ko‘mirni gazlashtirish va sintetik gazdan xomashyo olish loyihalariga qiziqish bildirgan

Mazkur loyihalarni moliyalashtirishda AQSh Eksimbanki ham qatnashishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston va AQSh 4 mlrd dollarlik energiya bitimlariga imzo chekdi