Chempionlar Ligasi doirasida Atletico Madrid o‘z maydonida Aintraxt Frankfurtni qabul qildi va muxlislarga haqiqiy gol shousini taqdim etdi. O‘yinda dastlab D. Raspadori 4-daqiqada hisobni ochdi. Keyinroq R. Le Normann (33’), Antuan Grizmann (45+1’), D. Simeone (70’) va X. Alvares (82’ penaltidan) gol urdi. Mehmonlar safida esa Y. Burkardt 57-daqiqada yagona golni kiritdi.
Statistikada ham Atletico ustun bo‘ldi: ispan klubi 18 marta zarba berdi, ulardan 12 tasi darvozaga yo‘naltirildi. To‘p nazorati 52% ularda bo‘ldi. Aintraxt esa atigi 6 marta zarba bera oldi.
Atletico bu g‘alaba bilan guruhda o‘z mavqeini mustahkamladi va raqiblariga jiddiy signal yubordi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar